×
Sayt test rejimida ishlamoqda

Savol va javoblar

O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonunining nechanchi moddasida fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olinishi ko’rsatib o’tilgan.

«O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi birinchi qismiga muvofiq:

  • 2005 yil 1 yanvarga qadar O’zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olingan;
  • muqaddam chet davlat fuqaroligida bo’lmagan;
  • O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lish istagini bildirgan fuqaroligi bo’lmagan shaxs O’zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

«O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq:

  • ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O’zbekiston Respublikasida kamida o’n besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan;
  • ushbu davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo’lmagan;
  • O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lish istagini bildirgan fuqaroligi bo’lmagan shaxs O’zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Yuqorida keltirilgan shartlardan loaqal birining mavjud emasligi, O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rad etishga asos hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish ilgari O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shakldagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi so’rovnoma;
  • yashash guvohnomasi (fuqaroligi bo’lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi);
  • nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to’g’risidagi guvohnoma (mavjud bo’lsa);
  • ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi o’zgarganligi haqidagi ma’lumotnoma (o’zgarishlar mavjud bo’lsa);
  • 2005 yil 1 yanvarga qadar O’zbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olinganligini yoki O’zbekiston Respublikasi hududida o’n besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • davlat boji to’langanligi to’g’risidagi hujjat.

Mas’ul xodim tomonidan ushbu hujjatlarning qonuniyligi o’rganib chiqilgan holda, aslidan nusxa olinib, muhr bilan tasdiqlanadi va hujjatlarning asli ariza beruvchiga qaytarib beriladi.

Doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olinganlik holati fuqaroligi bo’lmagan shaxsga nisbatan yuritilgan yig’ma ish jildida saqlangan sobiq Ittifoq pasporti hamda hisob varaqalari, uy daftari yoki xo’jalik kitobida doimiy ro’yxatdan o’tganlik (propiskaga qo’yganlik) to’g’risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanishi mumkin.

Hujjatlarni qabul qilgan mas’ul xodim tomonidan o’n ish kuni ichida fuqaroligi bo’lmagan shaxsga nisbatan yuritilgan materialdagi fuqaroligi bo’lmagan shaxs maqomini belgilash uchun asos bo’lgan hamda uning doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlardan nusxa olinadi, gerbli muhr va o’z imzosi bilan tasdiqlanadi va material Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.

Bunda, mas’ul xodim tomonidan to’plangan hujjatlar asosida ma’lumotlar bazasida O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga oid talabnoma shakllantiriladi.

Basharti, mavjud ma’lumotlar bo’yicha shaxsning O’zbekiston Respublikasida 2005 yil 1 yanvarga qadar doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olinganligi yoki O’zbekiston Respublikasida kamida o’n besh yil davomida doimiy yashab kelayotganligi holatini tasdiqlash imkoni bo’lmaganda, shaxsga hujjatlar qaytarib beriladi va ushbu faktni sud tartibida tasdiqlashga haqli ekanligi tushuntiriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar bir oylik muddatda o’rganib chiqilib, «O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar o’z tasdig’ini topgan taqdirda, xulosa tayyorlanadi va Qoraqalpog’iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.

Xulosaning bir nusxasi to’plangan materialga ilova qilinib, Ichki ishlar vazirligiga kelishish uchun yuboriladi. Xulosaga idoralararo ma’lumotlar bazasida O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga oid shakllantirilgan talabnomaga muvofiq, qaydlar kiritilishi lozim.

Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan materialni bir oydan ko’p bo’lmagan muddatda o’rganib chiqib, xulosa asoslantirilganligini tekshiradi va o’z munosabati bildirilgan xatni Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari orqali hududiy ichki ishlar organiga yuboradi.

Ichki ishlar organi tomonidan ariza beruvchiga bu haqda uch ish kuni ichida xabar beriladi va identifikatsiyalovchi kartasini rasmiylashtirish choralari ko’riladi.

«O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq:

ota-onasidan biri (yolg’iz otasi yoki onasi) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olingan;

chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan;

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lish istagini bildirgan fuqaroligi bo’lmagan shaxs O’zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.

Basharti ota-onasi (yolg’iz ota yoki onasi) bilan birga O’zbekiston Respublikasiga kirib kelgan bola doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olinmagan bo’lsa, ota yoki onasining doimiy ro’yxatga olingan joyi uning doimiy ro’yxatga olingan joyi hisoblanadi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan shaxsga doir O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va materialni ko’rib chiqish uning ota-onasidan birining (yolg’iz otasi yoki onasi) O’zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinganligi bo’yicha tegishli xulosalar mavjud bo’lgan taqdirda, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Quyidagi shaxslarning ham O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan arizalari «O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ko’rib chiqilishi mumkin:

a) agar ota-onasidan biri (yolg’iz ota yoki onasi) 2005 yil 1 yanvarga qadar O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib yoki o’n besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan fuqarolikka qabul qilingan bo’lsa;

b) agar ota-onasidan biri 2005 yil 1 yanvarga qadar O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib, doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olingan va vafot etgan bo’lsa.

Bunday shaxslarning O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarini qabul qilish va materialni ko’rib chiqish mazkur Nizomning 27-bandida ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish uchun etarli asoslari mavjud bo’lmagan shaxslar, o’z xohishlariga ko’ra O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.

O’zbekiston Respubliasi biometrik pasportini yaqinda almashtirganlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Ular uchun ham 2020 yil 1 yanvardan e’tiboran identifikatsiyalovchi ID-karta olish majburiymi?

Identifikatsiyalovchi ID-kartalar olish 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida, 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi (Asos: 06.03.2020 yil 129 son VMQ).

Fuqaroga qay hollarda identifikatsiyalovchi ID-kartasi berilmasligi mumkin?

Biometrik pasport O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6065 son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda agar fuqaro qo’l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko’zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig’ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.

ID-karta berishga oid tartiblar nimalardan iborat? Uni rasmiylashtirish va berish qanday hollarda amalga oshiriladi?

ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko’ra — bola tug’ilgandan boshlab 16 yoshga to’lguniga qadar; fuqaro 16 yoshga to’lganda; O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O’zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda; ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda; fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug’ilgan sanasi, jinsi o’zgarganda; ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda; ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda; ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo’yilganida; ID-karta yo’qotib qo’yilganda.

ID-karta olish uchun o’ziga qulay bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish punktiga qaysi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo’ladi?

Fuqaro ID-karta olish uchun o’ziga qulay bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi: belgilangan shakldagi ariza-anketa; ilgari berilgan pasport yoki ID-karta; tug’ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda); vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo’yilganida); davlat boji to’langanligi haqida kvitantsiya (elektron to’lov tizimlari orqali to’langanda kvitantsiya majburiy emas).

Qanday hollarda fuqarolarga ID-karta rasmiylashtirish rad etiladi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6065 son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda agar fuqaro qo’l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko’zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig’ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.

Аgar fuqarolarning biometrik pasportini almashtirish muddati o’tib ketsa unga jarima belgilanadimi? Jarima belgilashda muddatning o’tgan vaqti hisobgan olinadimi?

O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 223-moddasi Pasport tizimi qoidalarini buzilishi bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Keksa hamda nogironligi borlarga ID-karta olishda qanday imkoniyat va imtiyozlar belgilangan?

O’zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog’ligining holatiga ko’ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan va nogironligi bo’lgan shaxslar ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig’ish punktiga shaxsan o’zlari yoki qonuniy vakillari orqali (og’zaki, yozma yoxud elektron shaklda) murojaat etganda, ID-karta ma’lumotlarni yig’ish punktining mas’ul xodimi tomonidan o’n besh kun muddatda ushbu shaxslarni yashash manziliga borgan holda rasmiylashtiriladi va beriladi. Bunda ko’rsatilgan xizmat uchun qo’shimcha to’lov undirilmaydi.

Fuqarolar qaysi yilgacha ihtiyori va nechinchi yildan esa majburiy tartibda almashtirilishilari belgilangan?

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish ikki bosqichda ya’ni 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to’lganda hamda qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa sabablarga ko’ra; ikkinchi bosqichda 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

ID-kartani rasmiylashtirishni ichki ishlar organlari hamda davlat xizmatlari markazilaridan tashqari yana qaysi organlardan olish mumkin?

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, o’z ixtiyoriga ko’ra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi mumkin.

Identifikatsiyalovchi ID-karta qancha muddatga beriladi?

ID-karta ma’lumotlarni yig’ish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi: yangi tug’ilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko’ra); bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko’ra); 16 yoshdan — 10 yil muddatga.

Identifikatsiyalovchi ID-karta blankasiga qanday ma’lumotlar kiritiladi?

ID-karta blankasiga quyidagi asosiy ma’lumotlar kiritiladi: a) hujjatning nomi; b) ID-kartaning raqami; v) ID-karta egasining: familiyasi, ismi, otasining ismi; tug’ilgan sanasi; fuqaroligi; tug’ilgan joyi; jinsi; jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; g) ID-kartaningberilgan sanasi; kim tomonidan berilgani; amal qilish muddati tugaydigan sana; d) ID-karta egasining raqamli surati. ID-kartada uning egasining imzosi bo’lishi shart (16 yoshga etganidan keyin).

Identifikatsiyalovchi ID-karta blankasida fuqaroni millati haqidagi yozuv bo’ladimi?

Identifikatsiyalovchi ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar ko’rsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi.

ID-karta yo’qolsa-chi? Uni olish tartibi qanady? Jarimachi belgilandimi? Miqdori qanchani tashkil qiladi? Va u nechi kun ichida beriladi?

Fuqaro ID-kartani yo’qotgan taqdirda o’ziga qulay bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish punktiga murojaat etadi. Yangi ID-karta belgilangan tartibda ID-karta yo’qolganligi haqida ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida beriladi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun qaerga murojaat etadilar?

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va olish uchun murojaat etgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari (doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxati bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan va doimiy konsullik ro’yxatida turadigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno (ijro: TIV Konsullik-huquqiy departamenti) doimiy yoki vaqtinchalik ro’yxatdan o’tgan manzilidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan ma’lumotlarni yig’ish punktiga ya’ni, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari hamda tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladilar.

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun davlat boji to’lovlari miqdori?

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun to’lanadigan davlat bojlari quyidagicha: - 16 yoshga to’lmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bazaviy hisoblash miqdorining – 80 foizi miqdorida, 16 yoshdan katta O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun BHMning - 1 baravari miqdorida.

Keksa, o'zgalar parvarishiga muhtoj yoki nogironligi bo'lgan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini olishga imtiyozlar belgilangan?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ–4079 sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bob, 17-bandida keksa, o’zgalar parvarishiga muhtoj yoki nogironligi bo’lgan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga oid xizmatlar tegishli murojaatga asosan, bevosita doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi. 27-bandiga asosan I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga davlat xizmati ko’rsatilganda, davlat boji summasining 50 foizi miqdorida chegirma qo’llaniladi deb belgilangan.

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun davlat bojini to’lashdan ozod qilish mumkin?

Ўзбекистон Республикаси фуқароларига хорижга чиқиш биометрик паспортни бериш учун давлат божи ставкаининг миқдори Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 6 январдаги 600-сон Қонун талаблари асосида белгилаб берилган. Мазкур Қонуннинг 13-моддасида давлат божини тўлашдан озод қиладиган шахслар рўйхати белгилаб берилган.

O’zbekiston Respublikasining voyaga etmagan fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ota-onasining roziligi shart?

Voyaga etmagan shaxslar uchun ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi, ota-onalarning har ikkisi ma’lumotlarni yig’ish punktiga bevosita murojaat qilgan hollar bundan mustasno deb belgilangan.

Qanday holatlarda O’zbekiston Respublikasining voyaga etmagan fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda ota-onadan birining rozilik xati talab qilinmaydi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ–4079 sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bob, 33-bandida O’zbekiston Respublikasining voyaga etmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog’ida ota-onadan birining roziligi talab qilinmaslik holatlari belgilab berilgan.

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish muddatlari?

Xorijga chiqish biometrik pasporti shaxs fotosuratga tushirilganidan keyin 10 ish kunida (16-25 yoshdagi fuqarolarga qo’shimcha tekshiruvlar o’tkazilganida bir oyda) rasmiylashtirib beriladi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini yo’qotgan, uni yaroqsiz holga keltirgan fuqarolar uchun qanday javobgarlik belgilangan?

Qonun hujjatlari bilan quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi: xorijga chiqish biometrik pasportini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo’qotib qo’yishi, ushbu keltirilgan holatlarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 223-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun vakolatli organlar tomonidan rad etilishi mumkin?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ–4079 sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bob, 405-bandida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo’yicha rad etish asoslari qayd etilgan bo’lib, ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar bilan rad etishga yo’l qo’yilmaydi deb belgilab berilgan. Agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatuvchi axboroti mavjud bo’lsa, fuqaroning xorijga chiqishiga qo’yilgan cheklovni bekor qilish faqatgina tashabbuskor organ tomonidan amalga oshiriladi.

Mahallamiz hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida svetofor o‘rnatish uchun kimga murojaat qilishim kerak? Svetofor o‘rnatish tartibi to‘g‘risida ma’lumot bering?

O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi 3-xatboshida yo‘llarini saqlashda ularning holati yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha majburiyat mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonun talablari asosida yo‘lga egalik qiluvchi tashkilotga hamda hududiy DYHXXga murojaat qilinadi. Murojaatda svetofor o‘rnatish manzili va joyi(lokatsiyasi) ko‘rsatiladi. Mas’ul xodimlar tomonidan svetofor o‘ratish ko‘zda tutilgan joy o‘rganilib davlat standarti talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi bo‘yicha chiqarilgan xulosalar asosida svetofor qurilmasi o‘rnatiladi.

Avtomobil yo‘lini ta’mirlash va yo‘ldagi nosozliklarni bartaraf qilish uchun kimga va qayerga murojaat qilishim kerak?

O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash (xizmat ko‘rsatish) mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanishi, shuningdek 16-moddasida yo‘l tashkilotlari avtomobil yo‘llarining soz holatda bo‘lishini, ulardan transport vositalari muttasil va xavfsiz o‘tishini ta’minlashi shartligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi 3-xatboshida yo‘llarini saqlashda ularning holati yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha majburiyat mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilishi belgilab qo‘yilgan.

Avtomobil yo‘llari va ko‘chalarda transport vositalari harakat tezligi pasaytirish uchun o‘rnatiladigan “Sun’iy notekislik”lar qachon o‘rnatiladi. “Sun’iy notekislik” o‘rnatish uchun kimga murojaat qilsam bo‘ladi?

“Sun’iy notekisliklar. Umumiy texnik talablar. Qo‘llash tartibi” deb nomlangan O‘zDst 3403 O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti ishlab chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 172-sonli qarorida “Sun’iy yo‘l notekisligi” yo‘l belgisi amaldagi yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan. Mazkur Davlat standarti asosida sun’iy yo‘l notekisliklari bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari yonida tartibga solinmagan yer usti piyodalar yo‘lakchalaridan 10-15 metr oldinroq, avariyaviylik sabablari tahliliga ko‘ra yo‘llarning ma’lum qismlarida, ayniqsa bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari oldidagi xavfli hududlar boshida, bolalar maydonchasi, jamoat dam olish joylarida, stadionlar, vokzallar, do‘kon va piyodalar jamlanadigan boshqa obyektlar oldida o‘rnatilish belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasi 2-xaboshisida “Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari davlat mulki bo‘lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘ladi”, 15-moddasida “Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanishi”, shuningdek 16-moddasida “Yo‘l tashkilotlari avtomobil yo‘llarining soz holatda bo‘lishini, ulardan transport vositalari muttasil va xavfsiz o‘tishini ta’minlashi shart”-deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi”gi Qonunining 13-moddasi 3-xatboshida yo‘llarini saqlashda ularning holati yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha majburiyat mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunlar va davlat standarti talablari asosida yo‘lga egalik qiluvchi tashkilot (mahalliy hokimliklar, avtomobil yo‘llari korxona)lar tomonidan “sun’iy notekisliklar” o‘rnatiladi hamda hududiy DYHXX bilan kelishiladi.

Mahallamiz hududidan transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanishi uchun mo‘ljalangan tranzit avtomobillar harakatlanadigan 6 tasmali serqatnov avtomobil yo‘li o‘tgan. Mazkur avtomobil yo‘lida piyodalar o‘tish joyi tashkil qilsa bo‘ladimi?

O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Avtomobil yo‘llari SHNQ 2.05.02-07 talablari asosida transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanishi uchun mo‘ljalangan tranzit avtomobillar harakatlanadigan I va II toifali avtomobil yo‘llarda piyodalar o‘tish joylarini tashkil etishda avtomobil yo‘llari bilan bir sathda kesib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Ushbu joylarda piyodalar harakati jadalligiga qarab turli sathlardagi piyodalar yo‘lkalari (yer ostki va ustki) tashkil qilinadi.

Bizni mahallamizdan transport vositalar yuqori tezlikda harakatlanadi. Tezlikni pasaytiruvchi yo‘l belgilarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida tushunchalar bering?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarorining 78-bandida “Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.”, 80-bandi 5-xatboshida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yo‘l sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda, yo‘llarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatib) ruxsat beradi.”-deb belgilab berilgan.

Katta avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan piyodalar svetoforidan piyodalar yo‘lni kesib o‘tishga ulgurmasdan piyodalar uchun mo‘ljallangan svetofor yashil ishorasi o‘chib qizil ishorasi yonadi. Svetofor rejimlarni o‘zgaritish uchun kimga murojaat qilish kerak?

O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi”gi Qonunining 13-moddasi 3-xatboshida yo‘llarini saqlashda ularning holati yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha majburiyat mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonun talablari asosida yo‘lga egalik qiluvchi tashkilotga hamda hududiy DYHXXga murojaat qilinadi. Murojaatda svetofor o‘rnatish manzili va joyi(lokatsiyasi) ko‘rsatiladi. Mas’ul xodimlar tomonidan svetofor rejimlari qo‘shimcha o‘rganilib, davlat standarti talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi bo‘yicha chiqarilgan xulosalar asosida svetofor rejimi o‘zgartiriladi.

Yuk avtomobillarida “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanishim mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 06 apreldagi “Qamchiq davoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 268-sonli qarori bilan “Qamchiq” dovonida ishlab chiqarilganiga 20 yildan oshgan yuk avtomobillari va avtomobil tirkamalarida yuk tashish taqiqlanadi.

Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yo‘nalishlari kimlar bilan kelishiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 35-sonli qarori 56-bandida Xavfli yuklarni transportda tashish yo‘nalishlarini kelishish uchun yukni tashuvchi tashish boshlanishidan kamida o‘n kun oldin hududi bo‘ylab xavfli yukni tashish mo‘ljallanayotgan hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shartligi belgilangan: a) belgilangan shakl bo‘yicha tashishning ishlab chiqilgan yo‘nalishi uch nusxada; b) avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma; v) alohida xavfli yuklar uchun qo‘shimcha ravishda yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan taqdim etilgan xavfli yukni tashishga maxsus yo‘riqnoma; g) O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining xavfli yuklarni tashish uchun sig‘im (konteynerlar, sisternalar, konteyner-sisternalar va hokazolar)ning yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi; d) avtotransport haydovchisi xavfli yuklarni tashishga qo‘yilishi to‘g‘risidagi guvohnoma; Mazkur hujjatlar asosida xalqaro yo‘nalishlarda xavfli yuklarni tashish O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX bilan mahalliy yo‘nalishlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yo‘nalish sxemalari kelishiladi.

Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish uchun qaysi tashkilot ruxsatnoma beradi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son qaroriga 2-ilova «Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalari»ning 9-bandi asosida “Yuk tashuvchi yoki yuk jo‘natuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki ularning vakillari) maxsus ruxsatnoma va yo‘nalish chizmasini olish uchun yo‘lga yegalik qiluvchi yuridik shaxslarga tashuvni amalga oshirishdan oldin transport vositasining rusumi, turi, davlat raqami belgilari va yukning o‘lchamlari, haydovchi va yuk tashishga mas’ul bo‘lgan xodimlarning ismi, familiyasi, otasining ismi ko‘rsatilgan ma’lumotlarni my.gov.uz portali orqali murojaat qoldiradi. “Amaldagi me’yoriy hujjatlardagi talablarga muvofiq yo‘lga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan yuk tashishga maxsus ruxsatnoma va harakatlanish yo‘nalishi aniq belgilangan yo‘nalish chizmasi beriladi. Mazkur hujjatlar asosida xalqaro yo‘nalishlarda katta va og‘ir vaznli yuklarni tashish O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan yo‘nalish sxemalari kelishiladi.

Qaysi holatlarda transport vositalariga qidiruv e’lon qilinadi?
Transport vositasini boshqargan haydovchi tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgan holati YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib avtomashina jarima maydoniga joylashtiriladi, boshqa holatlarda O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablari asosida transport vositalariga nisbatan qidiruv e’lon qilish, ushlash va jarima maydoniga joylashtirish vakolatli organlarining alohida topshiriqlari hamda sud idoralarining qaror, ajrim, hukmlari asosida amalga oshiriladi.
Transport vositamda tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanganligim uchun menga 1.650.000 so‘m miqdordagi jarima keldi, biroq jarimani to‘lashga imkonim yo‘q 4 nafar voyaga yetmagan farzandim bor, Sizdan jarima miqdorini kamaytirib berishda amaliy yordam berish?
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 321-moddasi 1-qismi 4 bandida jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huqubuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o‘zgartirish sud organlarining vakolat doirasiga kirishligi sababli jarima miqdorini kamaytirish yuzasidan hududiy Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat etishingiz tavsiya etiladi.
Chiqarilgan jarima qarori xususida shikoyat berish muddati qanday?
Chiqarilgan qaror hususida shikoyat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 316-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, unda “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan o‘tkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin” deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Men transport vositamni notarial idora orqali oldi-sotdi qilayotgan vaqtimda, transport vositamda qarzdorlik borligini bildim, lekin bunga qadar menga pochta orqali yashash manzilimga xech qanday jarima qarori kelmagan, agarda men jarima qarorini olganimda?
Hurmatli fuqaro sizni bu mavzuda berayotgan savolingiz o‘rinli va dolzarb, sizga agarda jarima qarori o‘z vaqtida pochta orqali yetkazilmagan bo‘lsa, yashash manzilingiz bo‘yicha hududiy pochta taromog‘iga murojaat qilib, nima sababdan jarimani yetkazib berilmaganligi yuzasidan ma’lumot olish lozim bo‘ladi misol uchun: uyingizda xech kim bo‘lmaganligi, siz ushbu manzildan boqsha hududga ko‘chib o‘tganligingiz yoki shunga o‘xshash boshqa holatlar bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim qilingandan so‘ng, ushbu ma’lumotnoma bilan yashash manzilingiz bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 315-moddasida “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellyatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi mumkin. Iqtisodiy sudning qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarori ustidan esa O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.” ko‘rsatib o‘tilgan talablardan kelib chiqib, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilishingiz mumkin,shuningdek MJtKning 3091-moddasida “Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi” deb ko‘rsatib o‘tilgan.