×
Sayt test rejimida ishlamoqda

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 28-sentyabrdagi qarori bilan Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi” davlat muassasasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi etib qayta nomlandi. Qarorga asosan, “Xavfsiz shahar” tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, respublikada “Xavfsiz shahar” tizimlarini yaratish va rivojlantirish manzilli yillik dasturlar ishlab chiqildi.


"Xavfsiz shahar" loyihasining amalga oshirilishi O‘zbekistonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi interfaol rivojlanish yo‘lida va mamlakatimizning jahon hamjamiyatida keng integrallashuvida barqaror va izchil taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgan. Shu bois, rejalashtirilgan siyosiy tadbirlar va vazifalarni amalga oshirishda Markaz qanchalik jiddiy va maqsadli ravishda intilishi, butunlay mamlakatimiz va xalqimiz farovonligini belgilab beradi.


Ushbu islohotlarni amalga oshirilishidan asosiy maqsad — jamoat xavfsizligini ta’minlash chorasini yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini to‘laqonli tashkil etish, favqulodda xatarlar va oqibatlarni prognozlash orqali oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy raqamli texnologiyalar, intellektual tizimlardan keng foydalangan holda inson omilini kamaytirishga erishishdir.