Quyidagilar “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
• ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari o‘zaro aloqasini, videokuzatuv tizimlarini, huquqbuzarliklarni aniqlash, obyektlarni muhofaza qilish, ehtimoliy tahdidlarni tezkor aniqlash va ogohlantirish, intellektual tahliliy datchiklarni aniqlash, shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish;
• jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirish orqali zamonaviy shakl va ish usullarini joriy etish;
• hududlarda situatsion-tahliliy intellektual tizimlarni yaratish va rivojlantirish; -jamoat xavfsizligini monitoring qilish tizimlarining hududiy infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;
• jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish;
• “Xavfsiz shahar” tizimlarini joriy etish, foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahalliy davlat, ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish;
• aholi va hududlarni tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, jamoat xavfsizligi, qonun va tartib buzilishi, yong‘in, yo‘l va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek uy-joy kommunal xo‘jaligi va ular bilan o‘zaro aloqador avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘z ichiga olgan boshqa tarqalgan obyektlarni boshqarish sohasidagi vazifalarni hal qilish.