Prezident energiya resurslaridan foydalanishda isrofga yo‘l qo‘ymaslik zarurati haqida gapirdi

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Markaz yangiliklari > Prezident energiya resurslaridan foydalanishda isrofga yo‘l qo‘ymaslik zarurati haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma’lumki, joriy yil 23 sentabrda bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan. Har bir viloyat, tuman va yo‘nalishlar kesimida alohida reja-jadvallar va chora-tadbirlar ishlab chiqilib, manbalari belgilangan.
Yig‘ilishda energetika vaziri va viloyat hokimlari shu borada bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Qayd etilganidek, aholini, avvalo, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun IV chorakda 21 milliard kilovatt soat, kelgusi yil boshida qariyb 22 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, kuz-qish mavsumida aholiga 10 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berilishi belgilangan.
Davlat rahbari bu jarayonda isrofga yo‘l qo‘ymaslik uchun gaz quduqlaridan iste’molchigacha bo‘lgan tizimni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Tabiiy gaz tarmog‘idan uzoqdagi qishloq va ovullar, ijtimoiy obektlarga suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib beriladi. Prezident qaysi hududga yana qo‘shimcha zaxira kerak bo‘lsa, ta’minlab berilishini ta’kidladi.

«Barcha tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada mas’uliyatini ikki karra oshirib, aholini rozi qilishi, hech bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmasdan, tezkor hal etishi lozim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Energetika vazirligiga aholining energiya manbalari bilan ta’minlanganlik holatini real vaqt tartibida muntazam nazorat qilib borish topshirildi. Yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda «koll-markaz»lar va hududiy ishchi guruhlar faoliyati muhim ekani qayd etildi.
Energiya manbalarini iqtisod qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Dunyoda energetika sohasida ro‘y berayotgan muammolar mintaqamizga ham ta’sir ko‘rsatayotgani, bunday vaziyatda tejamkorlik dolzarb ekani qayd etildi. Shu bois barcha muassasalarda energiya tejovchi texnologiyalar o‘rnatish, odamlarning bu borada daxldorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, tijorat banklarining barqarorligini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Kreditlar evaziga ishga tushirilgan loyihalarni to‘liq quvvatga olib chiqib, ularning muddati o‘tgan qarzdorligini kamaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

manbaa: kun.uz sayti

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!

24 октября Президент Шавкат Мирзиёев провёл совещание по обеспечению стабильной работы отраслей экономики и учреждений социальной сферы в осенне-зимний период. Известно, что 23 сентября текущего года было принято постановление Кабинета Министров. В каждой области, районе, участке направлений разработаны отдельные планы и мероприятия, определены источники.
На совещании министр энергетики и акимы регионов отчитались о проделанной работе в этом направлении.

Как было сказано, в первую очередь принимаются меры по обеспечению бесперебойного снабжения населения электроэнергией. Для этого в IV квартале планируется произвести 21 миллиард киловатт-часов электроэнергии, а в начале следующего года – около 22 миллиардов киловатт-часов. Также в осенне-зимний сезон населению будет поставлено 10 миллиардов кубометров природного газа.
Глава государства поручил полностью оцифровать систему от газовых скважин до потребителей, чтобы избежать потерь в процессе. Сжиженный газ и уголь поставляются в села и фермерские хозяйства, социальные объекты, удаленные от газовых сетей. Президент отметил, что любой регион, который нуждается в дополнительных резервах, будет обеспечен.

«Все сетевые и региональные руководители должны удвоить свою ответственность в этом вопросе, угодить населению, решить их быстро, не оставляя без внимания ни одно обращение», – сказал Шавкат Мирзиёев.
Министерству энергетики поручено регулярно отслеживать состояние обеспечения населения энергоисточниками в режиме реального времени. Отмечено, что деятельность «колл-центров» и региональных рабочих групп важна в решении возникающих проблем.
Особое внимание было уделено вопросу экономии источников энергии. Было отмечено, что проблемы, происходящие в энергетике в мире, затрагивают и наш регион, и в такой ситуации экономия актуальна. Поэтому была подчеркнута важность установки энергосберегающих технологий во всех учреждениях и повышения вовлеченности населения в это дело.

На встрече обсуждались вопросы финансового оздоровления предприятий и повышения устойчивости коммерческих банков. Даны задачи по содействию сокращению просроченной задолженности за счет вывода на полную мощность проектов, запущенных за счет кредитов.

Источник: сайт  kun.uz

Subscribe to our Telegram channel!