Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri va Xorazm viloyatining Xiva shaharlarida "Xavfsiz shahar" yagona integrallashgan tizimi yaratilmoqda

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Markaz yangiliklari > Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri va Xorazm viloyatining Xiva shaharlarida «Xavfsiz shahar» yagona integrallashgan tizimi yaratilmoqda

Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri va Xorazm viloyatining Xiva shaharlarida «Xavfsiz shahar» yagona integrallashgan tizimi yaratilmoqda

Bugungi kunda dunyo aholisining 50 foizdan ortig’i shaharlarda istiqomat qiladi. Boisi shaharlar kundan-kunga yashash uchun qulay hamda xavfsiz bo’lmoqda. Biroq tan olish kerakki, aholi sonining keskin o’sishi natijasida shaharlar turli xil ko’rinishdagi jinoyat va tahdidlarga duch kelmoqda, ya’ni kiberhujumlar, terrorchilik, biokimyoviy hujumlar, oziq-ovqat qo’rquvi, flesh-moblar, texnogen va tabiiy ofatlar shular jumlasidandir. Shaharlarda ishonchli va xavfsiz yashash, fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi uchun sharoit yaratish endilikda butun dunyo oldida turgan eng muhim vazifaga aylandi.

Jumladan, O’zbekiston aholisining kundan-kunga o’sishi natijasida shahar hududlari kengayib bormoqda. Bu esa o’z navbatida markazlar infratuzilmasining ortishi, jamoat xavfsizligi va xavfsiz transport tizimini yaratishga bo’lgan talablarini oshirishi tabiiy. Shu sababdan, bugunga kelib mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida, «Xavfsiz shahar» yagona integrallashgan tizimini joriy etish vazifasi qo’yildi.

Hozirda ushbu loyiha respublikamizning barcha viloyat, shahar va tumanlarida tatbiq etilmoqda. «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida IT texnologiyalarini qo’llash, zamonaviy xavfsizlik vositalaridan foydalanish, to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va tezkor chora ko’rish mekanizmlarini qo’llash, sodir etilishi mumkin bo’lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish va fuqarolar uchun xavfsiz muhitni yaratish kabi ishlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Misol uchun, birgina Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus va Xorazm viloyati Xiva shaharlarida ushbu «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, aholi gavjum bo’ladigan jamoat joylariga intellektual videokuzatuv kameralari, transport vositalari tomonidan yo’llarda sodir etiladigan qoidabuzarliklar hamda bahtsiz hodisalarni oldini olish uchun foto-radar qurilmalari, shuningdek, viloyat, shahar va tumanlarni kirish-chiqish joylariga avtotransport vositalarining davlat raqamini qayd etuvchi video kuzatuv moslamalarini o’rnatilib, Situatsion-tahliliy markazga integratsiya qilish natijada onlayn rejimda hududlar nazoratini amalga oshirish imkoni yaratilmoqda.

Bundan tashqari, Xiva shahri sayyohlar doimiy tashrif buyuruvchi maskan bo’lganligi sababli, shaharning aholi gavjum bo’lgan jamoat joylariga ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash, huquqbuzarliklar va hodisalar to’g’risidagi xabarlarni qabul qilish, sayyohlik faoliyati xavfsizligini samarali ta’minlash maqsadida, shaxsni identifikatsiyalovchi, yo’naltirilgan va aylanma intellektual videokuzatuv qurilmalari hamda avtotransport vositalarining davlat raqamini aniqlovchi kameralar o’rnatildi.

Bir so’z bilan aytganda, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida yurtimizning har bir hududi o’zgacha ko’rinishga ega bo’lmoqda. Muhimi esa, u yerdagi aholi va mehmonlarning xavfsizligi endilikda «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida yanada ishonchli ta’minlanadi.

 

 

 

 

 

 

 

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: