Samarqand viloyatida IIVning Xavfsiz shahar markazi tomonidan 2024-yil davomida manzilli yillik dasturga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Samarqand viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, hududlar kesimida manzilli yillik dasturlar ishlab chiqilgan.
Loyihalar doirasida kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash, shahar va tumanlarga kirish-chiqishga transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimi loyihasi doirasida qurilmalar o‘rnatilib, ishga tushirish shu bilan birga, jami 900 ta mavjud kameralarni integratsiyalash ishlari reja asosida bajarilmoqda.
Shuningdek, “Xavfsiz shahar” markazi mablag‘lari hisobidan “Raqamli xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida 18 ta MFYning kirish chiqish joylariga hamda aholi gavjum joylariga jami 100 ta varifokal videokuzatuv qurilmalari o‘rnatildi.
Shu bilan birga, “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi server qurilmalari test rejimida ishga tushirildi.