“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi xodimlari malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlashdi

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Markaz yangiliklari > “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi xodimlari malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlashdi

Ichki Ishlar vazirligi huzuridagi Malaka oshirish instituti tomonidan “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi xodimlarining respublikada yagona integratsiyalashgan “Xavfsiz shahar” tizimlarini yaratish bo‘yicha kasb mahorati va yangi kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazildi.

2024-yilning 19-20-yanvar kunlari “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazida tashkil etilgan ushbu o‘quv kursida Markaz xodimlari “Xavfsiz shahar” tizimlarining funksional imkoniyatlari va ularni bosqichma-bosqich joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.

Olingan ko‘nikmalar birlamchi mahallalardan tortib, shaharlargacha bo‘lgan respublikaning barcha ma’muriy-hududiy tuzilmalarida jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirishni ta’minlovchi “Xavfsiz shahar” tizimlarini yaratishda qo‘llaniladi.

O‘quv kursida qatnashgan xodimlar yakuniy attestatsiyadan o‘tib, malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘ldilar.

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: