Toshkent shahar IIBBda Konstitutsiya kuni bayramiga bagʼishlangan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent shahar IIBBda Konstitutsiya kuni bayramiga bagʼishlangan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi

Tadbirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati, boshqarma va boʼlim boshliqlari, shaxsiy tarkibi va ichki ishlar organlari faxriylari ishtirok etdi. Toshkent shahar IIBB boshligʼi general-mayor Aziz Tashpulatov yigʼilganlarni mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan muborakbod etib, keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati takomillashtirilganligini, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilayotganligini taʼkidladi.

Tadbir yakunida mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qoʼshib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilayotgan bir qator xodimlar “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!