“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazida Respublikada “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi doirasida ishlab chiqiladigan manzilli yillik dasturlar loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Markaz yangiliklari > “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazida Respublikada “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi doirasida ishlab chiqiladigan manzilli yillik dasturlar loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminar “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi rahbari, mayor Ulugbek Kulanovning kirish nutqi bilan boshlandi. Unda markazning barcha xodimlari va hududiy sektor mutaxassislari ishtirok etdi.

Shuningdek, markazda zamonaviy standartlar asosida jihozlangan, mavjud tizimlar monitoringini amalga oshiruvchi «Xavfsiz shahar tizimlari monitoring markazi»ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Xodimlarga markazda yaratilgan qulayliklar va yangi tizimlarning ishlash jarayoni, axborot xavfsizligini ta’minlash talablari hamda joylarda o‘rnatilgan videokuzatuv qurilmalarini qo‘shish, ulardan qanday tartibda foydalanish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalar berilib, dasturiy mahsulotlarning taqdimoti bo’lib o’tdi.

Seminar davomida “Xavfsiz shahar” tizimi yagona apparat-dasturiy platformasi monitoringi, “RTF” (Road traffic fines) tizimi, “AutoID” avtomobil raqamlarini aniqlash tizimi, “TrackControl” O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi transportlarining GPS monitoring tizimi haqidagi ma’ruzalar tinglandi.

 

photo 2024 12 06 17 37 38

photo 2024 12 06 17 37 38

photo 2024 12 06 17 37 41

photo 2024 12 06 17 37 46

photo 2024 12 06 17 37 47

photo 2024 12 06 17 37 48

photo 2024 12 06 17 39 50

photo 2024 12 06 17 47 06

photo 2024 12 06 17 59 48

photo 2024 12 06 17 59 49

photo 2024 12 06 18 32 51

 

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!