“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan Toshkent shahridagi Chustiy mahallasi hududida hamda aholi gavjum joylarda sun’iy intellekt videokameralari o’rnatilmoqda.
Ushbu sun’iy intellekt videokameralari transport vositasining davlat raqami belgilarini aniqlash, yuzdan tanib olish, voqea-hodisalarni uzluksiz kuzatib borish, muammoning bevosita boshlang‘ich nuqtasidan xabardor bo‘lish va ularni bartaraf etishga xizmat qiladi.