“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan Andijon viloyatining Xonabod shahri, Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq tumanlarida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan montaj ishlaridan foto-lavha. Joylarda yuzdan tanib olish imkoniyatiga ega, PTZ aylanma, avtotransport raqami aniqlovchi, to‘xtash va to‘xtab turish qoida buzarliklarini aniqlovchi intellektual video kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.