Xavfsiz shahar markazi mas’ullari tomonidan Andijon viloyati IIB Axborot texnologiyalari va aloqa axborotini himoyalash bo’limi hamda Vaziyatlar markazi xodimlariga “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi.
Andijon viloyati IIB binosida Vaziyatlar markazi va Andijon IIB ATA va AH bo‘limi xodimlariga “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi bilan ishlash, joylarda o‘rnatilgan videokuzatuv qurilmalarini qo‘shish, ulardan qanday tartibda foydalanish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, viloyatda “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, hududlar kesimida manzilli yillik dastur yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.