“Xavfsiz hudud” tamoyili asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Vazirlik yangiliklari > “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan bozorlar, dam olish markazlari va istirohat bogʻlari, shuningdek, qizil toifaga kirgan mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura, Milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari rahbarlari, xodimlarning xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazildi.

Shuningdek yoʻriqnomada, bozor hududlarida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, kriminogen ahvoli ogʻir hududlarda patrul-post xodimlarini koʻpaytirish, video kuzatuvchi moslamalarni oʻrnatish boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

manbaa: iiv.uz rasmiy sayti.

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!