UzA |Navoiy viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy platformasi ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda IIVning Xavfsiz shahar markazi, Navoiy viloyati hokimligi va Navoiy viloyati IIB bilan hamkorlikda joylarda “Raqamli xavfsiz shahar” loyihasi amalga oshirilmoqda. Dasturga muvofiq, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini server qurilmalari bilan jihozlash, kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha jami 403 ta, shahar va tumanlarga kirish-chiqish ob’ektlariga jami 34 ta transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi, yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimi uchun jami 35 ta intellektual videokuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Quyidagi havola orqali maqolani o’qishingiz mumkin:
https://uza.uz/uz/posts/navoiy-viloyatida-havfsiz-shahar-yagona-apparat-dasturiy-platformasi-ishga-tushirildi-video_653583