Tadbirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati, boshqarma va boshqarma boshliqlari, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va faxriylari ishtirok etdi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Toshpo‘latov yig‘ilganlarni mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan tabriklab, amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati takomillashtirilganini ta’kidladi. Кeyingi yillarda aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Tadbir so‘ngida mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan bir qator xodimlar “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.