Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan «Sangardak sanatoriysi»da sayyohlar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda turizm sohasiga aloqador barcha mutasaddi idoralar, mahalliy sayyohlar va qoʻshni Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi.
Tashrif buyurgan mehmonlarga viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida kerakli maʼlumotlar berib oʻtildi.