Surxondaryo viloyati hokimligi, Ichki ishlar vazirligi va “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi bilan birgalikda “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimlarini yaratishning birinchi bosqichi bo‘yicha manzilli yillik dasturiga muvofiq hududlarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatda kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, yuzdan tanib olish, PTZ aylanma, hududlar kirish va chiqish joylarida avtotransport raqami va belgisini aniqlovchi, to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklarini aniqlovchi intellektual videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi ishga tushirilib, o‘rnatilgan intellektual videokuzatuv tizimi qurilmalarini IIBning Vaziyatlar markaziga integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.