Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs bilan IIO xodimi oʼrtasidagi ogʼzaki mojaro aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʼlmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning 18 dekabr kuni taxminan soat 14.30 larda voyaga yetmagan 2007 yilda tugʼilgan Yu.S. “102” raqamiga qoʼngʼiroq qilib, Bektemir tumanidagi savdo majmualaridan birida qandolat mahsulotlari xodimlari bilan oʼzaro janjallashgani yuzasidan xabar bergan. Mazkur xabar yuzasidan yetib kelgan tuman IIO FMB PPX xodimlari voyaga yetmagan Yu.S.ga nisbatan qoʼpollik qilgan.
Toshkent shahar IIBB rahbariyati fuqarolarga nisbatan xodimlar tomonidan qoʼpol muomalada boʼlish holatlarini qoralaydi. Videodagi holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlandi, qisqa muddat ichida xizmat tekshiruvi yakunlanib, aybdor xodimlarga nisbatan qatʼiy chora koʼrilishi taʼminlanadi.
manbaa: https://iiv.uz/