Qashqadaryo viloyatida IIVning Xavfsiz shahar markazi tomonidan 2024-yil davomida manzilli yillik dasturga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Qashqadaryo viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, hududlar kesimida manzilli yillik dasturlarning loyihalari ishlab chiqilgan.
Loyihalar doirasida viloyat hududidagi xususan Yakkabog’ va Ko’kdala tumanlarida kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash, shahar va tumanlarning kirish-chiqish joylariga transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda hamda Xavfsiz shahar” markazi mablag‘lari hisobidan “Raqamli xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda viloyatning bir qator mahallalarining kirish chiqish joylariga hamda aholi gavjum joylariga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatilib, ishchi holatga keltirilmoqda.