O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Markaz yangiliklari > O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi

Joriy yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoraviy mukofotlarini topshirilishiga va O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarlari bilan taqdirlanganlarni tabriklashga bagishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazining bir guruh mutaxassislari ham taqdirlandi.

Markaz direktori Sh. Tashpulatov hamda Texnik qo‘llab-quvvatlash va ekspluatatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi B. Atakulovlar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan, Texnik qo‘llab-quvvatlash va ekspluatatsiya bo‘limi boshlig‘i M. Meliyev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoraviy mukofoti “O‘z kasbining ustasi”, Istiqbolli rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi D. Komilov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: