Joriy yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoraviy mukofotlarini topshirilishiga va O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarlari bilan taqdirlanganlarni tabriklashga bagishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazining bir guruh mutaxassislari ham taqdirlandi.
Markaz direktori Sh. Tashpulatov hamda Texnik qo‘llab-quvvatlash va ekspluatatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi B. Atakulovlar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan, Texnik qo‘llab-quvvatlash va ekspluatatsiya bo‘limi boshlig‘i M. Meliyev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoraviy mukofoti “O‘z kasbining ustasi”, Istiqbolli rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi D. Komilov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.