Navoiy shahrida "Raqamli xavfsiz shahar" konsepsiyasi ​amaliyotga tatbiq etilmoqda

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Markaz yangiliklari > Navoiy shahrida «Raqamli xavfsiz shahar» konsepsiyasi ​amaliyotga tatbiq etilmoqda

 

Navoiy shahrida «Raqamli xavfsiz shahar» konsepsiyasi ​amaliyotga tatbiq etilmoqda

«Raqamli xavfsiz shahar» konsepsiyasini amalga oshirish doirasida shaharni turli huquqbuzarlik va jinoyatchiliklardan holi hududga aylantirish maqsadida 8 ta asosiy kirish-chiqish yo‘llari, 36 ta mahallalarga qarashli 216 ta kirish-chiqish joylari, 145 ta ovqatlanish obyektlari, 791 ta ko‘p qavatli uylardagi kirish yo‘laklarida intellektual videokuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bu konsepsiya to’liq joriy etilishi natijasida sodir etilgan jinoyatlarning fosh etilishi hamda barvaqt profilaktikasi ta’minlanadi, kameralar orqali nazorat o‘rnatiladi, 50 % avtohalokatlar oldi olinadi, har bir mahalla va xonadon hisobi yuritiladi hamda nazorat o‘rnatiladi.

Ko’zlangan maqsad esa — jamoat xavfsizligini taʼminlashda zamonaviy raqamli texnologiyalar, intellektual tizimlardan keng foydalangan holda inson omilini kamaytirishga erishishdir.

 

photo 2024 12 04 18 33 25

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!