Joriy yilning 18-may kuni Toshkent shahriga rasmiy tashrifi davomida Singapur davlati Ichki ishlar va adliya vaziri Kasivisvanatxan Shanmugam bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Memorandum > Joriy yilning 18-may kuni Toshkent shahriga rasmiy tashrifi davomida Singapur davlati Ichki ishlar va adliya vaziri Kasivisvanatxan Shanmugam bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, joriy yil 17-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Singapurga tashrifi davomida Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub hamda Bosh vazir Li Syan Lun bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilingan edi.

Mazkur vazifalarni amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida, “Toshkent huquq bahori” (Tashkent law spring) 3-xalqaro forumida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Singapur davlati Ichki ishlar va adliya vaziri Kasivisvanatxan Shanmugam bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Tomonlar, bugungi kundagi turli xavf-xatar va tahdidlar, xalqaro terrorizm va ekstremizm, odam savdosi, giyohvandlik va boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish masalalari hamda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va tajriba almashish borasida fikrlashdilar.

Singapur bugungi kunda qonun ustuvorligi va aholining politsiya organlariga boʻlgan ishonchini baholashga doir bir qator xalqaro reytinglarda doimiy ravishda eng yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda, shuningdek Singapurning axborot texnologiyalari sohasida, ayniqsa, zamonaviy axborot xavfsizligi borasidagi tajribasi dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan.

Shundan kelib chiqib, tomonlar ikki davlat vazirliklari oʻrtasida doimiy muloqot va tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish, transmilliy jinoyatlarga oid tezkor maʼlumotlar bilan almashish, muntazam ravishda soha mutaxassislarining malaka oshirishlariga sharoit yaratish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning samarali usullari boʻyicha oʻquv kurslari va treninglarni tashkil etishga kelishib olishdi.

 

manbaa: iiv.uz rasmiy sayti

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: