Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Bahodir Ahmedov Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘tkazilgan “II xalqaro maqom san’ati anjumani” davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda xizmat faoliyatini samarali tashkil etishda munosib hissasini qo‘shganligi uchun quyidagi bir guruh huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari:
✅ Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i, general-mayor Bekmurod Abdullayev;
✅ Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i, polkovnik Xurshid Sotiyev;
✅ Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Lochinbek Yaxshilikov;
✅ Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshqarma boshlig‘i, podpolkovnik Rustam Dusmatov;
✅ Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz shahar” markazi boshlig‘i, mayor Ulug’bek Kulanovlarga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini topshirdi.