Tadbirda, tomonlar soʻnggi yillarda yurtimizda Davlat rahbari boshchiligida inson qadrini yuksaltirish, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududlarga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sud-huquq sohasida oʻtkazilayotgan islohotlar xususida batafsil maʼlumot almashdilar.
Shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida turli xavf-xatar va tahdidlar, xalqaro terrorizm va ekstremizm, odam savdosi, giyohvandlik va boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish masalalari hamda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va tajriba almashish borasida fikrlashdilar.
Xususan bu borada, Ichki ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi bilan Markaziy Osiyo chegaralarini boshqarishda koʻmaklashish (BOMKA-10), Markaziy Osiyo mintaqasi huquq-tartibot xodimlarining bilimlarini mustahkamlashda koʻmaklashish (LEIKA), Markaziy Osiyoda giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish (KADAP) hamda Migrantlarni vataniga qaytarish (YEURLO) loyihalari orqali turli sohalarda hamkorlik qilmoqda.
Taʼkidlash joizki, ushbu loyihalarning amaliy ijrosini taʼminlashga qaratilgan oʻquv kurslarda jami 300 dan ortiq mamlakatimiz ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etgan.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligini Yevropa Ittifoqi bilan sohaga oid loyihalar orqali doimiy muloqot va tajriba almashinuvini rivojlantirish hamda muntazam ravishda mutaxassislarning malaka oshirishlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Muloqot konstruktiv ruhda, oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlib oʻtdi.
manbaa: iiv.uz rasmiy sayti