Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida tadbir bo‘lib o‘tadigan obyektlarda jamoat va tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv kameralari o’rnatilmoqda.
Belgilangan obyektlarda intellektual videokuzatuv kameralari, shaxsni identifikatsiyalovchi va yo‘naltirilgan kameralar, avtotransport davlat raqam belgisini aniqlovchi kameralari o‘rnatilib, montaj va sozlash ishlari olib borilmoqda.