Internet tarmog‘ida tuhmat qilish va haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Vazirlik yangiliklari > Internet tarmog‘ida tuhmat qilish va haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasiga 1970 yilda tug‘ilgan А. G. ariza bilan murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlarda unga tuhmat qilib, haqorat qilgan ijtimoiy tarmoq faoli fuqaro 1962 yilda tug‘ilgan Sh.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida olingan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Sh.S. tomonidan А.G.ga nisbatan aytilgan audioyozuvlarda haqoratli so‘zlar mavjudligi aniqlangan.

Sh.S.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi («Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish») va 140-moddasi 2-qismida («Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish») nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli gumon qilinuvchi sifatida tergovga jalb qilingan. Jinoyat ishi doirasida Sh.S.ning ruhiy holatini tekshirish maqsadida unga nisbatan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Sud ajrimiga asosan gumon qilinuvchi Sh.S. tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Tergov jarayonida barcha protsessual talablarga to‘liq rioya etilib, Sh.S.ning advokati tergov jarayonida ishtirok etishi uchun hech qanday moneliklar yo‘qligini maʼlum qilamiz. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: