IIVning «Xavfsiz shahar» tizimlarini rivojlantirish markazida faoliyat yuritayotgan ayol va qizlar uchun “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ayollarning o‘rni” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Treningda ayollar salomatligi va emotsional farovonligi jamiyatda mustahkam va barqaror oilalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi haqida so‘z yuritildi.
Xususan,ayollardagi kasalliklarning psixosomatik sabablari va emotsional intellektni rivojlantirish mavzulariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu mavzular ayollarni jismoniy va ma’naviy jihatdan baquvvat bo‘lishga rag‘batlantirish maqsadida tanlandi, bu esa milliy faxr va Vatanga bo‘lgan mehrni mustahkamlashga yordam beradi.
Ta’kidlash lozim, bugungi kunda ayollar nafaqat oila parvarishchilari, balki jamiyat va davlat qurilishida faol ishtirokchilar sifatida maydonga chiqmoqdalar.