Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan Xorazm viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasini joriy etish manzilli yillik dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan videorolik tayyorlandi.
Dastur loyihalariga ko‘ra, kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash uchun, shahar va tumanlarga kirish-chiqish joylari uchun, transport vositasining davlat raqami belgilarini aniqlash uchun, yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimi uchun sun’iy intellekt kameralari o‘rnatilmoqda. Shu bilan birga, Xiva shahri bo‘ylab shaxsni identifikatsiyalash hamda aylanma videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Hozirgi kunda ularni ishga tushirish va integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.