Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari boʼyicha oʼrinbosari Zufar Kamilevich Kurbanov Toshkent shahar Olmazor tumani «Yoshlik» MFY hududida bo’ldi.
Hududda “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan joriy etilayotgan intellektual videokuzatuv tizimi hamda mavjud ko’p qavatli uylarga o’rnatilayotgan shaxsni identifikatsiyalovchi kameralar bilan tanishdi.
Vazir o’rinbosari tomonidan «Yoshlik» MFY hududiga avtotransport vositasi kirib chiqishini nazorat qilish uchun joriy etilayotgan kameralar, ularning joylashuvi, integratsiya masalalari yuzasidan taklif va ko’rsatmalar berildi.