Davlatimiz rahbarining hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali aholining osuda hayotini taʼminlashga qaratilgan topshiriqlarining ijrosini nazorati boʻyicha Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tungi vaqtda Toshkent shahrida oʻrganish ishlarini olib bormoqda

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Vazirlik yangiliklari > Davlatimiz rahbarining hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali aholining osuda hayotini taʼminlashga qaratilgan topshiriqlarining ijrosini nazorati boʻyicha Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tungi vaqtda Toshkent shahrida oʻrganish ishlarini olib bormoqda

Xususan, poytaxtning Chilonzor, Uchtepa va Shayxontohur tumanlari Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining faoliyati hamda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning ish jarayonlari bilan tanishildi.

Hududlarda jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini taʼminlash uchun bevosita huquq-tartibot idoralari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihatlikda “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatlarni yashirishga yoʻl qoʻymaslik, “ijtimoiy hamkorlik” masalalari hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi amaliyot uslublarining amaliy ijrosi oʻrganildi.

Kriminogen ogʻir mahallarga zarur kuch va vositalarni taqsimlanishi hamda mavjud muammolarning yechimini bevosita mahallalarni oʻzida hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Jarayonda, aniqlangan kamchiliklar shaxsiy tarkib oʻrtasida tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

manbaa: iiv.uz rasmiy sayti.

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!