Xususan, poytaxtning Chilonzor, Uchtepa va Shayxontohur tumanlari Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining faoliyati hamda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning ish jarayonlari bilan tanishildi.
Hududlarda jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini taʼminlash uchun bevosita huquq-tartibot idoralari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihatlikda “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatlarni yashirishga yoʻl qoʻymaslik, “ijtimoiy hamkorlik” masalalari hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi amaliyot uslublarining amaliy ijrosi oʻrganildi.
Kriminogen ogʻir mahallarga zarur kuch va vositalarni taqsimlanishi hamda mavjud muammolarning yechimini bevosita mahallalarni oʻzida hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Jarayonda, aniqlangan kamchiliklar shaxsiy tarkib oʻrtasida tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
manbaa: iiv.uz rasmiy sayti.