Seminar “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi rahbari, mayor Ulugbek Kulanovning kirish nutqi bilan boshlandi. Unda markazning barcha xodimlari va hududiy sektor mutaxassislari ishtirok etdi.
Shuningdek, markazda zamonaviy standartlar asosida jihozlangan, mavjud tizimlar monitoringini amalga oshiruvchi «Xavfsiz shahar tizimlari monitoring markazi»ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Xodimlarga markazda yaratilgan qulayliklar va yangi tizimlarning ishlash jarayoni, axborot xavfsizligini ta’minlash talablari hamda joylarda o‘rnatilgan videokuzatuv qurilmalarini qo‘shish, ulardan qanday tartibda foydalanish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalar berilib, dasturiy mahsulotlarning taqdimoti bo’lib o’tdi.
Seminar davomida “Xavfsiz shahar” tizimi yagona apparat-dasturiy platformasi monitoringi, “RTF” (Road traffic fines) tizimi, “AutoID” avtomobil raqamlarini aniqlash tizimi, “TrackControl” O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi transportlarining GPS monitoring tizimi haqidagi ma’ruzalar tinglandi.