Qashqadaryo viloyati IIBda IIV “Xavfsiz shahar“ markazi masʼul xodimlari tomonidan “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasining mazmuni va mohiyati, tizimning yagona apparat-dasturiy platformasi, uning imkoniyatlari, hamda undan foydalanishda axborot xavfsizligi talablari“ mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Viloyat IIB rahbariyati, sohaviy va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda joylarga oʻrnatilgan kuzatuv kameralarining qoidabuzarlik va jinoyatlarni aniqlash va oldini olish borasidagi imkoniyatlari, markaz orqali qonunbuzarlik holatlarini aniqlash jarayonlari, maʼlumot oluvchilarning vakolatlari, “Xavfsiz shahar” tizimlarining yagona apparat –dasturiy platformasidan foydalanishda axborot xavfsizligi talablari haqida ishtirokchilarga atroflicha maʼlumot va tushunchalar berildi.