Qashqadaryo viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyati IIB va “Xavfsiz shahar” markazi bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Unga ko‘ra, kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yuzdan tanib olish, PTZ aylanma, shahar va tumanlarga kirish-chiqish obyektlariga transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimi uchun intellektual videokuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Hozirda belgilangan obyektlarda ya’ni Yakkabog‘, Ko‘kdala va Shahrisabz tumanlarida videokuzatuv kameralari o‘rnatilib ishga tushirish, ma’lumotlarni uzatish aloqa kanallari va elektr tarmog‘ini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga viloyatda “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi server qurilmalari uchun tashqi elektr va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari tashkil etilib, platforma test rejimida ishga tushirildi.