«Xavfsiz shahar» markazi mas’ullari tomonidan Qashqadaryo viloyati IIB hamda Vaziyatlar markazi xodimlariga “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi.
Unda “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi bilan ishlash, joylarda o‘rnatilgan videokuzatuv qurilmalarini qo‘shish, ulardan qanday tartibda foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash talablari bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek,, hududlar kesimida manzilli yillik dastur yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.