Navoiy shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga shaxsni aniqlash funksiyasiga ega domofonlar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda
Bu esa, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, kirib-chiquvchilarni shaxsini identifikatsiyalash, qidiruvdagi shaxslarni aniqlashda yordam beradi.
O‘rnatish ishlari amalga oshirilayotgan ushbu domofonlar “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasiga integratsiya qilinadi.
Ushbu loyihadan ko’zlangan maqsad, profilaktika inspektori va aholining o‘zaro tezkor muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, jinoyatlarni issiq izidan fosh etishdagi tezkor tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.