Navoiy viloyati IIB xodimlariga “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi bo‘yicha o’quv – seminari o’tkazildi.
Xavfsiz shahar markazi direktori, mayor Ulugbek Kulanov tomonidan Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga o‘rnatilgan “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi bilan ishlash, axborot xavfsizligini ta’minlash talablari hamda joylarda o‘rnatilgan videokuzatuv qurilmalarini qo‘shish, ulardan qanday tartibda foydalanish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, viloyatda “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish dasturiga muvofiq, hududlar kesimida manzilli yillik loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.