Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIVning Xavfsiz shahar markazida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda soha xodimlarining Ichki ishlar organlari tizimida axborot texnologiya va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish va hayotga izchil tatbiq etishdagi samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi xizmatlari minnatdorlik bilan e’tirof etildi.
Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tizim xodimlari va faxriylariga yo’llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, markazda o‘z faoliyati va mas’uliyatlilligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.