UzA |“Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini joriy etish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda
Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil hududlarda “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini yaratish va rivojlantirish yuzasidan yillik manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Dastur ijrosi doirasida hududlarda tizimni joriy qilish uchun bosqichma-bosqich qurilmalar xarid qilinyapti hamda belgilangan manzillarda o‘rnatilib, ishga tushirilmoqda.
Mahallalardagi ko‘p qavatli uylar, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda ularga kirish-chiqish joylarida intellektual videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, ichki ishlar organlarining tayanch punktlari axborot tizimiga integratsiya qilinmoqda.
⏺Quyidagi havola orqali maqolani o’qishingiz mumkin:
https://uza.uz/posts/638772