Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazida Mustaqillik bayrami munosabati bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining dunyo xaritasidan o‘rin egallaganiga 33 yil bo‘ldi. Tarixan qisqa davr ichida kuchli demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi. Istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi.
Shunday ulug’ bayram oldidan “Xavfsiz shahar” markazida adabiy tadbir tashkil etilib, unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari, taniqli shoir Botirjon Ergashev hamda markaz direktori, mayor Ulug’bek Kulanov, direktor o‘rinbosari Mirobid Meliyev va bo‘lim boshliqlari, xodimlar qatnashdi.
Uchrashuvda Vatan mustaqilligi – bu qadr-qimmatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan, bebaho ne’mat ekanligi haqida so’z yuritilib, biz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lmish Mustaqillik bayramini har tomonlama katta tayyorgarlik bilan kutib olish an’anaga aylanganligi ta’kidlandi.