Buxoro viloyatida IIVning Xavfsiz shahar markazi tomonidan 2024-yil davomida manzilli yillik dasturga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda Buxoro viloyatining kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 75 ta mahalla fuqarolari yig‘inidagi 1137 ta obyektlarda jami 2200 dona intellektual videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda 18 ta MFYning jami 216 ta obyektida 314 ta shaxsni aniqlovchi, 20 ta davlat raqam belgisini aniqlovchi intellektual videokuzatuv tizimi qurilmalari o‘rnatilib, ishchi holatga keltirildi.
Shuningdek, “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash server qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirildi va mavjud videokuzatuv qurilmalarini integratsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.