Davlat rahbarining topshirigʻiga koʻra yurtimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni taʼminlash maqsadida huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihatlikda tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.
Mazkur vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod hamda Mirzo Ulugʻbek tumanlari ichki ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi.