Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi vakillari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida o’tkazilayotgan “Huaweining Yaqin sharq va Markaziy Osiyo uchun texnologik sammiti- 2024” ko’rgazmasida ishtirok etmoqda.
Sammit davomida zamonaviy intellektual axborot dasturiy vositalari faoliyati, yirik- sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlarni tahlil qilish tizimlari, bulutli texnologiyalar asosida ma’lumotlarni xavfsiz saqlash tizimlari, yuzni tanib olish ya’ni shaxsni identifikatsiyalash va «Xavfsiz shahar» tizimini xalqaro tajribaga asoslangan holda yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sammitda 1000 dan ortiq hamkorlar va mijozlar qatnashdi va turli sohalardagi forumlar,davra suhbatlari, seminarlar o’tkazildi.