“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish va ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha yig‘ilish bo’lib o’tdi.
Unda «Xavfsiz shahar» tizimlarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi direktori Ulugbek Kulanov, Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Timur Saidov, Markaz direktor o‘rinbosari Mirobid Meliyev hamda bo‘lim boshliqlari qatnashdi.
Yig‘ilishda videokuzatuv qurilmalarini o‘rnatish, sozlash va texnik qo‘llab-quvvatlash, o‘rnatilgan qurilmalarni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish hamda ularni integratsiyalash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy platformasining ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash server qurilmalarini joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari hududlarda olib borilayotgan montaj jarayonlarida mutaxassislarning xavfsizligini inobatga olgan holda shart-sharoitlar yaratib berish masalalari bo’yicha bo‘lim boshliqlari tomonidan bir qator takliflar bildirildi.