Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov tomonidan soha mutasaddilari ishtirokida aholidan turli masalalarda 370 ta murojaatlar qabul qilingan boʻlib, ularning 208 tasi (56,2 foizi) ijobiy hal etildi, qoʻshimcha oʻrganilishi talab etilayotgan 162 ta (44,8 foiz) murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Oʻtkazilgan sayyor qabul jarayonida, aholining murojaatlaridan kelib chiqqan holda, 38 nafar probatsiya hisobida turib tuzalish yoʻliga oʻtgan shaxslarni shartli ravishda jazodan ozod qilish masalasi ijroga yoʻnaltirildi, 63 nafar surishtiruv yoki dastlabki tergov harakatlaridan norozi fuqarolarning muammolari ijobiy hal etildi, 12 nafar sobiq xodimlar ichki ishlar organlariga qayta ishga tiklandi hamda ichki ishlar organlariga xizmatga kirish istagini bildirgan 13 nafar fuqarolar navbatdagi tanlovda ishtirok etishga ruxsat etildi.\
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning muammolari ijobiy hal etilib, 80 nafar ehtiyojmand oilalarning murojaatlari asosida 231 mln soʻm moddiy yordam, shu jumladan oliy oʻquv yurtlarida oʻqib kontrakt pulini toʻlashga qiynalgan 44 nafar yoshlarga jami 145 mln soʻm pul mablagʻlari, 4 nafar fuqaroga nogironlar aravachalari va eshitish moslamasi hamda aholi bandligini taʼminlash maqsadida 16 nafar fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. Turli sohalarda hunar va bilimga ega boʻlgan, daromad topishga qodir, ammo moddiy koʻmakka ehtiyoji bor fuqarolarning 24 nafariga motoroller va motokultivatorlar, oʻsimliklarga dori sepish hamda oʻt oʻrish apparatlari, kompyuter jamlanmasi, pishiriq pechlari va duradgorlik dastgohlari ajratib berildi.
Davlatimiz rahbarining farmonlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan yurtdoshlarimizning 4 nafariga tantanali ravishda ID kartalar topshirildi.
Taʼkidlash joizki, murojaatlarni koʻrib chiqishda aholining ehtiyojlariga tayangan holda uzoq vaqtdan buyon yechimini topmayotgan muammolarni amalda hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Aholi bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar boshqa viloyatlarda ham davom etadi.
manbaa: iiv.uz rasmiy sayti