9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joylarda ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari holidan xabar olinmoqda

Xavfsiz shahar markazi > Yangiliklar > Vazirlik yangiliklari > 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joylarda ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari holidan xabar olinmoqda

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov ham soha mutasaddilari ishtirokida bugun Toshkent shahridagi bir nechta xonadonlarga tashrif buyurib, faxriylar bilan uchrashdi.

Mirobod tumani Mingoʻrik mahallasida yashovchi Margarita Filanovich ayni vaqtda 86 yoshni qarshilagan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Leningrad qamalida qolgan Margarita yoshgina qizaloq edi. Urushning mashʼum xotiralari uning murgʻak qalbiga muhrlangan. Margarita Ivanovnaga shaxsan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tabriknomasi oʻqib eshittirildi va maxsus sovgʻalar topshirildi.

Ikkinchi jahon urushi faxriysi Pyotr Korzon oila aʼzolari bilan birgalikda Mirobod tumanining Fitrat mahallasidagi xonadonida umrguzaronlik qilmoqda.

Ichki ishlar vaziri xonadonga tashrifi davomida Pyotr Konstantinovich bilan samimiy suhbatlashdi. Urush qatnashchilariga eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlar ularning salomatliklarni tiklashga xizmat qilayotganligi taʼkidlandi.

Urushning eng xavfli manziliga guvoh boʻlgan Yelizaveta Ganiyeva konslagerdagi hodisalarni kinofilmlar orqali emas oʻz xotiralari bilan eslaydi.

Ichki ishlar vaziri bilan uchrashuvda Yelizaveta Vasilevna albatta bugungi tinch va farovon kunlarga yetib kelganidan baxtiyorligi, davlat rahbarining eʼtibordan minnatdor ekanligini bildirdi.

Faxriylar xonadonlariga tashriflar davomida Ichki ishlar vazirligi hamda Qorovul qoʻshinlari orkestrlari tomonidan ijro etilgan kuy qoʻshiqlar ularga yana bir bor gʻalaba onlarini eslatdi.

Bu kabi tadbirlar respublika miqyosida oʻtkazilmoqda va ularda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

manbaa: iiv.uz rasmiy sayti

Agar saytdan imlo xatolarini topsangiz, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering!

Subscribe to our Telegram channel!